Konferensiya davomida institutimiz vakili bugungi kunda IT-infratuzilmani himoya qilish bo'yicha muhim ma'lumotlar va xalqaro tajribalar bilan tanishdi. Xususan:
Insoniyat uchun global xavflar xaritasi va kiberhujumlarning ortish dinamikasi (O'zbekistonda 9 oy ichida 1 trln so'mlik zarar ko'rilgani ta'kidlandi); ISO/IEC 27001 va ISO 22301 standartlari asosida axborot xavfsizligi hamda ish uzluksizligini ta'minlash; Sun'iy intellekt (ISO/IEC 42001) tizimlarini xavfsiz va nazorat ostida boshqarish; Kiberhujum yuz berganda yoki IT tizimlarida nosozlik kuzatilganda faoliyatni qayta tiklash (Disaster Recovery) strategiyalari.
Ushbu xalqaro tadbirdan olingan tajriba va xulosalar kelgusida «Mineral resurslar instituti» DM ning raqamli infratuzilmasini yanada mustahkamlash, ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash va AKT bo'limi faoliyatini xalqaro standartlar darajasida takomillashtirishga xizmat qiladi.
Konferensiyada taqdim etilgan eng muhim va qiziqarli slaydlar bilan quyida tanishishingiz mumkin: