TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

«O‘zbekko‘mir» AJning «Angren ko‘mir koni» filialida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun navbatdagi press-tur tashkil etildi.
Tadbirda kon-konchilik sanoatida bozor mexanizmlarini joriy etish, ko‘mir qazib olish, uni saralash hamda iste’molchilarga yetkazib berishning texnologik zanjiri haqida atroflicha ma’lumot berildi. Ushbu jarayonlarda, xususan, konning geologik tuzilishini o‘rganish, resurslar zaxirasini aniqlashtirish va sohadagi ilmiy-amaliy yechimlarni tatbiq etishda «Mineral resurslar instituti» DM mutaxassislarining ilmiy ishlanmalari va doimiy izlanishlari alohida o‘rin tutishi ta’kidlab o‘tildi.
Press-tur ishtirokchilari bevosita ochiq kon hududiga tashrif buyurib, qazib olish va yuklash jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi. Jurnalistlar kon ishchilari hamda geolog-mutaxassislar bilan muloqotda bo‘lib, texnik xavfsizlik, mehnat sharoitlari va ishlab chiqarishning o‘ziga xos murakkabliklari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Tashrif yakunida sohaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan savol-javob sessiyasi bo‘lib o‘tdi.