Bugun Geologiya-mineralogiya fanlari doktori, Professor Antonov Aleksandr Yevgenevich "Mineral resurslar instituti" DM ilmiy xodimlariga "Markaziy Qizilqum mintaqasi misolida ma’danli foydali qazilmalarni bashorat qilish" mavzusida master klass o‘tdi.
Master klassda yer yoriqlarining konlarni va foydali qazilmalarni hosil qilishdagi o‘rni haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Xususan, Muruntov, Qurama, Qirg‘iziston va boshqa jahon miqiyosidagi konlarning o‘xshash tomonlari haqida so‘z yuritildi.
Master klass so‘ngida ilmiy xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, ularga tegishli javoblar oldi. Shuningdek, yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy ish mavzulari yuzasidan qimmatli ma’lumotlar va tavsiyalarga ega bo‘ldi.



