TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

Joriy yilning 1–30-sentyabr kunlari respublika miqyosida “Yong‘indan ogohlik — umummilliy kampaniyasi” oyligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida 2026-yil 29-sentyabr kuni Geologiya fanlari universiteti hamda “Mineral resurslar instituti” DM hamkorligida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — universitet xodimlari, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ilmiy tadqiqotchilar o‘rtasida yong‘in xavfsizligi madaniyatini yuksaltirish, mavjud bilimlarni mustahkamlash hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri, tezkor va xavfsiz harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Seminar-trening Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga:
yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
yong‘inning kelib chiqish sabablari va uning oldini olish choralari;
favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi;
yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya qilish qoidalari;
birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish;
inson hayoti va sog‘lig‘ini asrashga qaratilgan zarur choralar
bo‘yicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi.
Nazariya va amaliyot uyg‘unligida tashkil etilgan seminar-trening ishtirokchilarning favqulodda vaziyatlarda sarosimaga tushmasdan, belgilangan tartib asosida harakat qilish ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Yong‘in xavfsizligi — faqat mutaxassislarning emas, har birimizning kundalik mas’uliyatimizdir!
Zero, yong‘inning oldini olish, inson hayoti va mol-mulkini asrash, xavfsiz muhitni ta’minlash — barchamizdan hushyorlik, mas’uliyat va ogohlikni talab etadi.
Ogohlik — xavfsizlik garovi!