Özbek tili – milliy özligimiz, mustaqil davlatchiligimiz timsoli. Bugungi kunda davlat tilini rivojlantirish, uning raqamli olamdagi nufuzini oshirish va yozuvimizni yanada takomillashtirish maqsadida yangi tahrirdagi özbek alifbosiga ötish böyicha muhim qadamlar tashlanmoqda. “Mineral resurslar instituti” DM jamoasi ushbu tarixiy islohotni töla qöllab-quvvatlaydi va öz iş jarayonlariga tatbiq etişni başlaydi.
Yangi alifboda nimalar özgarmoqda? Asosiy e'tibor yoziş va o'qiş jarayonlarini murakkablaştiruvchi belgilarni ixcham va qulay şakllarga keltirışga qaratilgan. Xalqaro andozalar va "bitta tovuş — bitta harf" tamoyili asosida alifbomizdagi tötta harf quyidagicha takomillashtirilmoqda:
Ö (masalan: özbek, öktam, önge)
Ğ (masalan: ğurur, ğalaba, ğoya)
Ş (masalan: şaroit, şaraf, şahar)
Ç (masalan: çempion, çeşma, çinor)
Ushbu özgarişlarning qanday afzalliklari bor?
Raqamli qulaylik: Axborot texnologiyalari, kompyuter va smartfonlarda matn terişda yuzaga keladigan texnik noqulayliklar (ayniqsa, tutuq belgisi tufayli sövlarning bölinib ketişi) barham topadi. Qidiruv tizimlarida özbekça ma'lumotlarni topiş osonlaşadi.
Turkiy dunyo bilan uyg'unlik: Yangi harflar qardoş turkiy xalqlar alifbosiga hamohang bölib, madaniy-ma'rifiy va ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlahga, umumiy turkiy axborot makoniga tezroq integratsiya bölişga xizmat qiladi.
Savodxonlik va ixchamlik: Matnlarning umumiy hajmi qisqaradi, imlo xatolarining oldi olinadi. Yoş avlod, şuningdek, çet elliklar uçhun tilimizni va alifboni özlashtiriş jarayoni ança yengillaşadi.
Bizning qadamlar: “Mineral resurslar instituti” özining rasmiy veb-sayti (mridm.uz), içki me'yoriy hujjatlar aylanmasi hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yangi alifbo qoidalarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etib, zamonaviy iş yuritış tizimiga ötadi.
Barcha hamkasblarimizni, soha mutaxassislarini, ommaviy axborot vositalari vakillarini va qadrli yurtdoshlarimizni yangi özbek alifbosini faol özlashtirişga, kundalik muloqotda qöllahga hamda keng targ‘ib qilişga çorlab qolamiz!
Yangi alifbo – yorqin kelajagimiz va tilimiz taraqqiyoti kafolati!