TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi va Rossiya Federatsiyasining yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha Federal agentligi o‘rtasida 2022-2025 yillarda “Yer qa’rini geologik o‘rganish sohasidagi hamkorlik” dasturining 4-bandi “Foydali qazilmalar zaxiralarini davlat ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha yondashuvlarini yaqinlashtirish....” topshirig‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida, hamda zaxiralarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish, malakali xodimlar bilan fikr almashish maqsadida Mineral resurslar instituti DM “Geologiya qidiruv ishlari uslubiyoti” bo‘limi boshlig‘i A.X. Oxunov Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 2023 yil 15-16 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan “Geologik va ajratib olinadigan (izvlekayemix zapasov) uglevodorod zaxiralari ekspertizasining dolzarb masalalari” Y.G. Kovalenko nomli ilmiy amaliy konferensiyasida “Foydali qazilmalar zaxiralarini tasniflash va hisoblash bo‘yicha me’yoriy hujjatlar va qidiruv ishlarini xalqaro standartlarga muvofiq olib borish” mavzudagi taqdimoti bilan qatnashdi.