Yunnan Copper Co., Ltd kompaniyasi delegatsiya a’zolari “Mineral Resurslar Instituti” DMga tashrif buyurib, konchilik sohasiga investitsiyalarni jalb qilish doirasida batafsil muzokaralar olib borishdi.
Yunnan Copper Co., Ltd. kompaniyasi 1958-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bosh ofisi Yunnan provinsiyasida joylashgan. Kompaniya mis sanoati tarmog‘ida faoliyat yurituvchi, mis va boshqa rangli metall mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan kompaniya bo‘lib, Xitoydagi 3-yirik mis ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.




