TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

2025-yil 2-maydan 13-iyulga qadar Jizzax viloyati, Baxmal tumani Molguzar tog‘larining janubiy qismida Xitoyning Sian markazi mutaxassislari va “Mineral resurslar instituti” xodimlari bilan hamkorlikda dala ishlari amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotlar 1:100000 miqyosda (100x100 m) to‘r asosida daryo va soylar o‘zan qismidan ikkilamchi geokimyoviy namunalar olishni o‘z ichiga oladi. Bu ishlarning asosiy maqsadi — Хitoy uslubidagi geokimyoviy tadqiqotlar bilan tanishish va nazariy jihatdan o‘rganishdan iborat.

Jizzax vodiysining tabiiy resurslarini o‘rganishda ushbu hamkorlik yangi imkoniyatlar yaratadi.

Tadqiqotlar jarayonidan yangiliklar va qiziqarli ma’lumotlar bilan sizlarni doimiy ravishda xabardor qilib boramiz!