VAKANSIYA: KICHIK ILMIY XODIM
(Metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish bo‘limi)
"Mineral resurslar instituti" DM geologiya sohasidagi ilmiy-metodik faoliyatni yangi bosqichga olib chiqishni istagan, g‘ayratli va tajribali Kichik ilmiy xodimini (faqat magistrlar uchun) o‘z jamoasiga taklif etadi!
Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Geologiya yoki unga yaqin sohalarda oliy ma’lumot (faqat magistr darajasi).
Geologiya va ilmiy-tadqiqot sohasida 3 yildan 5 yilgacha ish staji (tajribasi).
Metodik qo‘llanmalar, normativ hujjatlar va yo‘riqnomalar bilan ishlash tajribasi.
Ilmiy maqolalar va metodik tavsiyalar yozish ko‘nikmasi hamda MS Office dasturlarini mukammal bilish.
Asosiy vazifalar:
Geologiya sohasidagi metodik qo‘llanmalar va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va yangilash.
Ilmiy va uslubiy materiallarni to‘plash, tahlil qilish hamda tizimlashtirish.
Bo‘limning ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarida bevosita ishtirok etish.
Kerakli uslubiy hujjatlar va tavsiyanomalarni rasmiylashtirish hamda arxivlash.
Biz taklif etamiz:
Qonuniy va rasmiy ishga joylashish (Mehnat kodeksiga asosan, 5/2 ish tartibi, 09:00 - 18:00).
Barqaror ish haqi va natijalarga qarab munosib rag‘batlantirish tizimi.
Tajribali olimlar jamoasida ishlash, ustoz-shogird an’analari.
Professional ilmiy o‘sish va malaka oshirish imkoniyatlari.
Rezyumeingizni (CV) quyidagi pochtaga yuboring:
Pochta: info@mridm.uz
Batafsil ma’lumot uchun:
Telefon: +998 71 209 08 41
Manzilimiz: Toshkent shahri.
Ilm-fan yo'lida metodik mukammallikka biz bilan birga erishing!