VAKANSIYA: KATTA ILMIY XODIM
(Geologiyada matematik modellashtirish va sun'iy intellekt sektori)
"Mineral resurslar instituti" DM ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar chorrahasida ishlashni istagan, tashabbuskor va tajribali Katta ilmiy xodimni o‘z jamoasiga taklif etadi!
Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar:
Geologiya, matematika yoki axborot texnologiyalari yo‘nalishida oliy ma’lumot (PhD, DSc yoki ilmiy unvonlar bo‘lishi ustunlik beradi).
Ilmiy-tadqiqot, ma’lumotlar tahlili (data analysis) yoki matematik modellashtirish sohasida kamida 3 yillik tajriba.
Python, R, geologik dasturlar va sun’iy intellekt (ML/AI) uslublarini bilish va qo'llay olish ko'nikmasi.
Ilmiy maqolalar yozish va ularni xalqaro nufuzli bazalarda (Scopus, Web of Science) nashr etish tajribasi.
Asosiy vazifalar:
Geologik ma’lumotlarni matematik va kompyuter yordamida modellashtirish.
Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish (Machine Learning) usullarini geologiya sohasiga tadbiq etish.
Ilmiy-tadqiqot loyihalari, xalqaro va mahalliy maqolalar hamda ilmiy hisobotlarni tayyorlash.
Grantlar va davlat ilmiy dasturlari doirasida innovatsion izlanishlar olib borish.
Biz taklif etamiz:
Qonuniy va rasmiy ishga joylashish (Mehnat kodeksiga asosan, 5/2 ish tartibi).
Munosib va barqaror ish haqi, ilmiy daraja va yutuqlar uchun qo'shimcha ustamalar.
Zamonaviy texnik, dasturiy ta’minot va yuqori hisoblash quvvatlariga ega muhitda ishlash imkoniyati.
Ilmiy darajalar olish (PhD/DSc) va xalqaro hamkorlik doirasida karyera o‘sishi.
Rezyumeingizni (CV) quyidagi pochtaga yuboring:
Pochta: info@mridm.uz
Batafsil ma’lumot uchun:
Telefon: +998 71 209 08 41
Manzilimiz: Toshkent shahri, Olimlar 64
