"Mineral resurslar instituti" DM ilmiy izlanishlarga boy va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan jamoasiga rahbarlik qilish uchun tajribali mutaxassisni ishga taklif qiladi.
Nomzodga talablar:
Geologiya, geofizika yoki geokimyo sohasida oliy ma’lumot (PhD yoki DSc ilmiy darajasi ustunlik beradi).
Ilmiy-tadqiqot va masofadan zondlash yo‘nalishida kamida 5 yillik rahbarlik tajribasi.
Jamoani boshqarish, xorijiy tillarni bilish va ilmiy loyihalarni muvofiqlashtirish qobiliyati.
Asosiy vazifalar:
Markazning ilmiy, geokimyoviy va geofizik tadqiqotlarini rejalashtirish hamda amaliyotga joriy etish.
Davlat grantlari va ilmiy dasturlar ijrosini ta'minlash va nazorat qilish.
Tadqiqot xulosalarini tahlil qilish va yosh kadrlarga ilmiy rahbarlik qilish.
Bizdagi sharoitlar:
Mehnat kodeksi asosida to'liq rasmiy ishga joylashish (ish vaqti: 5/2, 09:00–18:00).
Munosib va barqaror oylik maosh.
Zamonaviy laboratoriyalar va kasbiy o‘sish uchun keng imkoniyatlar.
Rezyumelaringizni (CV) kutib qolamiz: info@mridm.uz Murojaat uchun: +998 71 209 08 41 Manzil: Toshkent shahri. Olimlar 64B
