Ayni vaqtda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi delegatsiyasi Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Astana Mining & Metallurgy (AMM)” 15-yubiley Xalqaro kon-metallurgiya Kongressida ishtirok etmoqda.

Bu yilgi Kongress kon-metallurgiya sohasida aktual muammolar va strategik yo‘nalishlarga bag‘ishlangan. Kongress doirasida xalqaro ko‘rgazma tashkil etilgan bo‘lib, dunyoning 13 mamlakatidan 45 ga yaqin kompaniyalar kon-metallurgiya sohasidagi o‘zining mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.

O‘tgan yillar davomida ushbu Kongress biznes, hukumat, ilm-fan va investorlar o‘rtasidagi muloqot uchun tan olingan xalqaro platformaga aylandi. Bu yil Kongressning yubiley maqomga ega bo‘lishi tadbirga alohida ahamiyat berilib, uning soha rivoji va modernizatsiyasiga qo‘shayotgan hissasini belgiladi.

Kongress davomida bugun 4-iyun kuni vazirlik delegatsiyasi a’zosi Mineral resurslar instituti direktori Maqsud Isoqov 1-panel sessiyasi (Международное партнерство: заседание геологических служб стран-партнеров) da O‘zbekiston Respublikasining kon-geologiya sohasiga bag‘ishlangan taqdimot bilan ishtirok etdi.

Ayni kunlarda Kongress davom etmoqda.