Institut direktorining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Axmadov Shokir Islomovich tayinlandi.
Shu munosabat bilan institutda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda Geologiya fanlari universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Qodirov Obidjon Shavkatovich maxsus tashrif bilan qatnashdi. Yig‘ilishda shuningdek, muassasa rahbariyati va barcha ilmiy xodimlar jamoasi ishtirok etdi.
O.Qodirov yangi tayinlangan o‘rinbosarni jamoaga tanishtirar ekan, institut va universitet o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada kuchaytirish, geologiya sohasiga zamonaviy innovatsiyalarni keng joriy etish hamda yosh kadrlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
Bugungi kunda geologiya va mineral resurslarni o‘rganish sohasida ilmiy izlanishlar hamda innovatsion yondashuvlar nihoyatda muhim o'rin tutadi. Yangi rahbarning tajribasi va salohiyati institutimizda olib borilayotgan geologik tadqiqotlar va ilmiy loyihalarni yangi bosqichga olib chiqishiga xizmat qiladi.
"Mineral resurslar instituti" DM rahbariyati va butun jamoasi nomidan Axmadov Shokir Islomovichni ushbu mas'uliyatli vazifaga tayinlangani bilan chin dildan qutlaymiz! Yurtimiz geologiyasi rivoji, sohadagi ilmiy izlanishlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirishdagi mashaqqatli va sharafli faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!









100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy