Bugun, 2026-yil 17-noyabr kuni soat 10:00 da Mineral resurslar institutida tayanch doktoranturaga (PhD) kirish imtihoni o‘tkazildi.
Imtihon 04.00.02 — “Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo” ixtisosligi bo‘yicha tashkil etildi.
Institutning Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Olimlar ko‘chasi, 64-uy manzilida joylashgan binosida (308-xona) bo‘lib o‘tgan imtihon jarayonida talabgorlarning ilmiy salohiyati har tomonlama sinovdan o‘tkazildi. Jarayonning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida imtihon YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda uzatib borildi.
Imtihon davomida har bir talabgor o‘zi tanlagan ilmiy-tadqiqot mavzusining dolzarbligi, maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan ilmiy natijalari yuzasidan maxsus taqdimotlar o‘tkazdilar. Soha yetakchi olimlari va mutaxassislaridan iborat imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan talabgorlarning nazariy bilimlari, tanlangan mavzu bo‘yicha tayyorgarlik darajasi hamda savol-javoblardagi faolligi xolisona tahlil qilinib, ularga tegishli ballar qo‘yildi.
Barcha talabgorlarga kelgusi ilmiy izlanishlari va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!



















100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy