TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

Mineral resurslar instituti kasaba uyushmasi tomonidan xodimlarimizning kundalik ishdan biroz chalg‘ishlari, salomatligini mustahkamlash va jamoaviy ruhni ko‘tarish maqsadida ajoyib dam olish kuni tashkil etildi. Bu safargi manzilimiz – toza havo va keng yashil maysazorlarga boy zamonaviy golf maydoni bo‘ldi!

Kun davomida xodimlarimiz nafaqat maroqli hordiq chiqarishdi, balki golf sport turining o‘ziga xos sirlarini ham o‘rganib, o‘zlarini yangi yo‘nalishda sinab ko‘rishdi. Qiziqarli o‘yinlar, hamkasblar o‘rtasidagi samimiy suhbatlar va tabiat go‘zalligi barchaga haqiqiy energiya va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Shunday ajoyib imkoniyat va g‘amxo‘rlik uchun Mineral resurslar instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasiga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xodimlarimizning salomatligi va yaxshi kayfiyati – muassasamizning eng katta boyligidir! Keyingi shunday ajoyib va sportga boy tadbirlarda ko‘rishguncha!