BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI
- geolgiya-qidiruv ishlari bosqichlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududini geologik, geofizik, geokimyoviy va tematik o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan axborot-ma’lumotlar tizimini doimiy to‘ldirib borish va takomillashtirish;
- analitik ishlar bo‘yicha lokal ma’lumotlar bazasini yaratish;
- geologik axborotni qayta ishlash usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirish;
- tog‘-kon geologik ma’lumotlar tizimini qo‘llagan holda ma’danli konlarni modellashtirish;
- foydali komponentlarning tarqalish xususiyatlarining geostatistik tadqiqotlari;
- geologik-iqtisodiy konsalting, GAT texnologiyalardan foydalangan holda foydali qazilma konlarini texnik iqtisodiy baholash, texnik-iqtisodiy asos (ТЭО) tuzish, zaxiralarni hisoblash;
- geologik tashkilotlarni axborot bilan ta’minlash;
- GAT formatda turli shakldagi raqamli (elektron) geologik xaritalarni yaratish;
- insitutning rasmiy saytini qo‘llab quvvatlash;

BO‘LIMDA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY TADQIQOTLAR
“O‘zbekiston Respublikasi hududining tabiiy sharoitlarini o‘rganish va yer qa’ridan oqilona foydalanish uchun 1:200 000 miqyosli GAT-formatdagi raqamli geologik xaritasini yaratish” mavzusidagi loyiha doirasida quyidagi ishlar bajarilmoqda:
- GAT – texnologiyalari asosida Oְ‘zbekiston hududining 1:200 000 miqyosdagi raqamli geologik asosning ma’lumotlar bazasini yaratish
- yashirin ma’danlashuvni aniqlash maqsadida tomezazoy poydevorining geologik xaritasini tuzish
- yangi turdagi qattiq foydali qazilma konlarini izlash va razvedka qilish uchun geofizik maydon xaritasini tuzish
- zamonaviy raqamli geologik xaritalarni tuzishni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar va ularni elektron shaklda taqdim qiluvchi klassifikator ishlab chiqish

ILMIY TADQIQOT NATIJALARI
- O‘zbekiston Respublikasi hududining geologik asosi 20 ta regionga bo`lindi;
- 20 ta region alohida shaklda ArcGIS dasturida raqamli ko`rinishga keltirildi;
- O‘zbekiston Respublikasi hududining geofizik o‘rganilganligi bo`yicha magnit maydon anomaliyalari raqamli ko‘rinishga keltirilmoqda;
- Hozirgi vaqtda zamonaviy raqamli geologik xaritalarni elektron shaklda taqdim qiluvchi klassifikator uchun shartli belgilar va kodlar tizimi shakllantirilmoqda;
