TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

 

Bugun jamoamiz uchun quvonchli va qadrli kun — Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasining jonkuyar va tajribali xodimi Raupov O‘ktam Sharifovich o‘zlarining 60 yoshli oltin yubiley to‘ylarini qarshi olmoqdalar!

Shu munosabat bilan korxonamiz vakillari va jamoasi O‘ktam Sharifovichning ish xonalarida maxsus ravishda jam bo‘lib, yubilyerni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdilar. Samimiy ruhda o‘tgan tadbir davomida yubilyerga iliq tilaklar bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Hurmatli O‘ktam Sharifovich! Sizni bugungi shonli 60 yosh yubileyingiz bilan jamoamiz nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt, mas'uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va el-yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz!

Xonadoningizdan har doim fayzu baraka, tinchlik-xotirjamlik aralashmasin.

Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!