Joriy yil iyun oyining 13-22 sanasida “Mineral resurslar instiuti” DM xodimlari AL-592144412-sonli “Development of technology for processing refractory ores with subsequent extraction of precious metals from the obtained refractory concentrates” qo‘shma grant loyihasi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahrida joylashgan “BGRIMM Technology Group” korporatsiyasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Safar davomida “BGRIMM Technology Group”ning foydali qazilmalarning moddiy tarkibini o‘rganish, ularni boyitish va metallurgiya jarayonlar bo‘yicha laboratoriyalari, murakkab boyitmalardan qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyalari bo‘yicha Xitoy tajribasi, sanoat flotatsion mashinalari ishlab chiqaruvchi va turli ma’danlarni flotatsiyalash jarayonini jadallashtiruvchi flotatsion reagentlar ishlab chiqaruvchi korxonalari faoliyati bilan tanishildi.

Safar yakunigacha “BGRIMM Technology Group” tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat uskunalari va flotatsion reagentlari tatbiq etilgan mis va oltin ma’danlarini qayta ishlovchi zavodlar faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.


