2025-yil 26–27-aprel kunlari “Geologiya sohasi xodimlarining turizmi” loyihasi doirasida Geologiya fanlari universiteti va ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari uchun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi "Geolog" oromgohida "Team building" madaniy, ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda Tog'-kon sanoati vazirligi Geologiya fanlari universiteti va ilmiy tadqiqot institutlari faol ishtirok etdi. Jumladan, "Mineral resurslar instituti" DM xodimlari Zakovat intellektual o‘yini, futbol, stol tennisi, shaxmat, arqon tortish, palatka yig'ish musobaqalarida faol qatnashib, ularning to'rttasidan yuqori natijalarni qayd etdi.
Eslatib o'tish joizki, mazkur "TEAM BUILDING" davlatimiz rahbarining tegishli qarori doirasida belgilangan reja-jadval asosida doimiy bo'lib o'tadi.




