TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

Bugun institutimizda “Odob-axloq qoidalariga rioya qilish. Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Inson resurslarini boshqarish bo’limi boshlig’i, bosh huquqiy maslahatchi hamda komplayens bo’yicha mutaxassis ishtirok etdi.

Uchrashuvning asosiy tezislari va xulosalari:

Ishbilarmonlik uslubi va tashqi koʻrinish: Dress-kod qoidalariga qat'iy rioya qilish talab etiladi. Har bir xodimning puxta, vazmin va professional qiyofasi institutimizning umumiy nufuzi va obroʻsini mustahkamlaydi.

Kasbiy axloq va muloqot odobi: Xizmat davomidagi muloqot meʼyorlariga alohida e'tibor qaratildi. Hamkasblar va talabalar (hamkorlar) bilan o’zaro munosabatlarda, shuningdek, telefon orqali so’zlashuvlarda xushmuomalalik, to’g’rilik va savodli nutq — Odob-axloq kodeksining asosiy shartidir.


Korrupsiyaga qarshi siyosat: Korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga nisbatan mutlaq murosasizlik tamoyili ta'kidlandi. Har bir xodim halollik tamoyillariga amal qilishi, manfaatlar to’qnashuviga yo'l qo'ymasligi hamda shubhali vaziyatlar yoki korrupsiyaga undash holatlari to’g'risida darhol xabar berishi shart.

Ushbu qoidalarga rioya etish — barchamiz uchun qulay, xavfsiz va samarali ish muhitining asosiy garovidir. Ishtirokchilarga eʼtibor va konstruktiv muloqot uchun minnatdorchilik bildiramiz!