TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

Bugun, 24-sentyabr kuni "Mineral resurslar instituti" DM huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc31/2025.27.12.GM.02.01.M raqamli Ilmiy kengash hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limining navbatdagi Ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Isayev Mirzo Sapoyevichning geologiya va mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi! 
DISSERTATSIYA MA'LUMOTLARI:
Mavzu: «Navoiy kon-metallurgiya kombinati texnogen chiqindilarini sanoatda o‘zlashtirishning istiqbollarini baholash (2-GMZning 1-son chiqindilar ombori misolida)»
Ixtisoslik shifri va nomi:
04.00.02 – Qattiq foydali qazilmalar konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo.
Ilmiy daraja: Geologiya va mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Tashkilot: "Mineral resurslar instituti" DM / O‘zR FA Navoiy bo‘limi
Tadqiqotning amaliy ahamiyati:
Ushbu ilmiy ish Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyati natijasida hosil bo‘lgan texnogen chiqindilarni qayta ishlash, ulardan ikkilamchi xomashyo sifatida unumli foydalanish va sanoatga qayta jalb etishning istiqbolli geologik-geokimyoviy omillarini baholashga qaratilgan.
✨ Isayev Mirzo Sapoyevichni va ularning ilmiy rahbarini ushbu yutuq hamda ilmiy va muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi ilmiy va amaliy faoliyatlarida ulkan zafarlar va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!