Safar doirasida delegatsiya ishtirok etgan qisqa ish tartibi quyidagicha boʻldi:
- 17-sentyabr: FLSmidth Minerals Testing and Research Center laboratoriyasi faoliyati bilan tanishuv (Steve Merrill – Lab Manager), shuningdek, comminution texnologiyalari boʻyicha taqdimot (Joe Dziedzina, GPLM).
- 18-sentyabr: Flotatsiya texnologiyalari (Lance Christodoulou, GPLM), thickening texnologiyalari (Craig Gilbert, GPLM) va filtratsiya texnologiyalari boʻyicha (Alan Camomille, GLPM) sessiyalar oʻtkazildi.
Mineral tarkibni aniqlashdan tortib, metallurgiya jarayonlarini sinovdan oʻtkazish, uskunalar tanlash va zavodlar samaradorligini oshirishga qaratilgan keng qamrovli yoʻnalishlarda ish olib boradigan ushbu markaz 50 yildan ortiq ilmiy tajribaga ega. FLSmidth laboratoriyasida olingan maʼlumotlar korxonalar uchun toʻgʻri texnologik yechimlarni ishlab chiqish, chiqindilar sifatini yaxshilash va xarajatlarni qisqartirish imkonini yaratadi.
Safar doirasida:
- FLS Minerals Testing and Research Center laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish;
- Mineralogik va metallurgiya jarayonlarini oʻrganish, yangi texnologiyalarni tahlil qilish;
- Global PerformanceIQ Hub imkoniyatlari va ularning geologiya sanoatiga qoʻllanishini oʻrganish;
- Oʻzbekiston va AQSh mutaxassislari oʻrtasida tajriba almashish va kelgusida hamkorlikni kengaytirish.
Mazkur xizmat safar Oʻzbekiston geologiya va mineralogiya sohasida ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, ilgʻor texnologiyalarni amaliyotga joriy etish va xalqaro aloqalarni mustahkamlash yoʻlida muhim qadam boʻlib tarixda qoladi.