2026-yil 13-noyabr kuni "Mineral resurslar instituti" DMda 2021–2026-yillarda amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari (1509-sonli hisobot) himoyasi bo‘lib o‘tdi. Loyiha institutning «Geologik-strukturali xaritalash va biostratigrafiya» sektori (mas’ul ijrochilar: J.Z. Hamroyev va R.M. Xantemirov) tomonidan bajarildi.
Asosiy natijalar:
Molg‘uzor tog‘lari: 4 000 km² maydon kompleks o‘rganilib, 1:100 000 masshtabdagi geokimyoviy xaritalar to‘plami tuzildi. Ma'danlashuvga istiqbolli bo'lgan 10 ta uchastka ajratildi. Janubiy O‘zbekiston (Qoratepa va Chaqilkalon): Oltin va kompleks ma'danlashuv belgilariga ega 13 ta istiqbolli uchastka aniqlandi. Yakkabog‘, Chaqchar, Boysuntov va Surxontov: Ushbu tog‘li hududlarning ham to‘liq geokimyoviy xaritalar to‘plami ishlab chiqildi.
Ahamiyati: Yaratilgan geokimyoviy xaritalar va aniqlangan anomaliyalar kelgusida geologik-qidiruv ishlarini maqsadli rejalashtirish hamda yurtimiz mineral-xomashyo bazasini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.




100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy