TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

“Ma’danli foydali qazilmalarni bashoratlash”  bo‘limi xodimlari xozirgi kunda Janubiy O‘zbekistonning tog‘li va tog‘oldi xududlari va Molguzar tog‘larining 1:100 000 miqyosdagi yangilangan ko‘pmaqsadli geokimyoviy xaritasini zamonaviy tahliliy usullar va ularning amalga oshirishning oqilona texnologiyalari asosida ishlab chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda.

Geokimyoviy ma’lumotlarni qayta ishlash natijalari asosida Molguzar tog‘larining yangi strukturaviy asosi tuzildi. Bu asos geokimyoviy anomaliyalarni tuzish uchun ishlatiladi. Shimoli-Molguzar minerallashgan zona aniqlangan bo‘lib, u sharqda Jaloir va Chilla-Mozor minerallashgan zonalariga bo‘linadi.

Au, Ag, Te, As, Pb, Zn, Sb, Bi, Se, Cu, Mo, In, Cd elementlarining maksimal anomal tarkibli konsentratlarining birlamchi va ikkilamchi geokimyoviy oreollarini maydonlar doirasidagi taqsimlanishini yangi strukturada tahlil qilganda Shimoliy Molguzar minerallashgan zonasida oltin va ular bilan bog‘liq kompleks minerallashuvni topish uchun 5 ta istiqbolli (Ravot, Baros, Quduqchi, Bayot, Olabuqa) uchastkalar ajratildi.

Molguzar tog‘lari janubida ilgari tadqiqotchilar tomonidan aniqlangan Kattasoy minerallashgan zonasi qalinligi oshgan. Ushbu zonaning shimoliy-sharqiy qismida potensial-istiqbolli Sharqiy-O‘rikli uchastkasi aniqlandi. Bu uchastka oltin ma’danlashuvining indikatori bo‘lgan simob miqdorining yuqoriligi bilan ajralib turadi.

Bu ish ilgari yaratilgan bashoratli-metallogenik xaritalar ma’lumotlarini sezilarli darajada to‘ldirib, foydali qazilmalar konlarini qidirishda yangi istiqbolli hududlarni aniqlashga xizmat qiladi.