Har bir sohada bo'lgani kabi, geologiya va ilm-fan rivojida ham xotin-qizlarning o'rni beqiyosdir. "Mineral resurslar instituti" DM da ayollar va erkaklar uchun yaratilgan teng imkoniyatlar, o'zaro hurmat va qo'llab-quvvatlash muhiti korxonamizning asosiy qadriyatlaridan biri sanaladi.
Bugun e'tiboringizga institutimizning fidoyi, o'z kasbining ustasi bo'lgan ayol-qizlari ishtirokidagi maxsus videorolikni taqdim etamiz. Ushbu lavhada hamkasblarimizning kundalik mehnati, shijoati va jamiyatimizdagi muhim roli aks etgan.
Biz har bir xodim o'z salohiyatini to'la namoyon eta oladigan, adolatli va teng huquqli ish muhitini yaratishda va qo'llab-quvvatlashda davom etamiz.
Videoni tomosha qiling va o'z fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring!