Joriy yilning 12-17 may kunlari “MRI” DM direktori Turamuratov I.B. boshchiligidagi 4 nafar ilmiy xodimlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJning “Qizilqum” va “Samarqand” markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyalarida xizmat safarida bo‘lishdi.





Ekspeditsiyalar geologlari uchun Mineral resurslar instituti xodimlari Qizilqum va Samarqand tog‘-kon mintaqasi hududlarida ma’danlashuvlarning genetik, tektonik-strukturaviy, minerologo-petrorafik xususiyatlari hamda raqamli geologik ma’lumotlarni dasturiy ta’minotlarda modellashtirish asosida foydali qazilmalarni bashoratlash bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazishdi.