2026-yil 5-iyun kuni Mineral resurslar institutida Xitoyning Shandong Gold Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut direktorining o‘rinbosari D.Sh. Tal’atxo‘jayev boshchiligidagi mutaxassislar hamda Shandong Gold Group kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonning mineral-xomashyo bazasini yanada rivojlantirish, geologiya-qidiruv ishlarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda istiqbolli konlarni aniqlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
D.Sh. Tal’atxo‘jayev o‘z so‘zida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik geologiya sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidlab, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish va kelgusidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.







100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy