Muassasamizda mutaxassislarning kasbiy malakasini oshirish, xalqaro tajribani chuqurroq o‘rganish va sohaga doir xorijiy manbalardan erkin foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ingliz tili kurslari muntazam ravishda olib borilmoqda.
Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarimiz uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
Xorijiy hamkorlar va mutaxassislar bilan samarali muloqot o‘rnatish;
Sohaga oid xalqaro adabiyotlar va zamonaviy dasturlardan erkin foydalanish;
Har bir xodimning kasbiy hamda shaxsiy rivojlanishiga zamin yaratish.
Mashg‘ulotlar qizg‘in va interaktiv muhitda o‘tmoqda. Ilova qilingan suratlarda hamkasblarimizning dars jarayonlaridagi faolligi va ilm olishga bo‘lgan ishtiyoqi aks etgan.
“Mineral resurslar instituti” DM Matbuot xizmati






100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy