Joriy yilning 17-18-oktabr kunlari "Mineral resurslar instituti" DM Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan institut avtogarajining 27 nafar xodimi uchun tabiat qo'ynida, xushmanzara Chimyon tog'larida (Balandda dam olish maskanida) maroqli hordiq chiqarish tadbiri tashkil etildi.
Ikki kunlik dam olish davomida xodimlar toza tog‘ havosidan bahramand bo‘lib, kundalik ish jarayonlaridan bir oz chalg'igan holda mazmunli va ko'tarinki kayfiyatda vaqt o'tkazishdi.
Bu kabi sayyohatlar jamoada o‘zaro birdamlik va do'stona muhitni mustahkamlash, xodimlarning mehnat samaradorligini oshirish hamda ularning ijtimoiy qo'llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbir yakunida xodimlar tashkilotchilarga, xususan, Kasaba uyushmasiga o'zlarining minnatdorchiliklarini bildirib, yangi ish haftasini katta kuch va g'ayrat bilan boshlashlarini ta'kidladilar.
"Mineral resurslar instituti" DM Matbuot xizmati






100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy