TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

"Mineral resurslar instiuti" DM tomonidan 2026-yil 28-sentabr kuni Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi Muruntov qo'rg'onida "O'zbek geologiya qidiruv" AJ tarkibidagi Qizilqum markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasida sayyor qabul va uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha direktor o'rinbosari v.b. M.Sh. Axmedov ishtirok etib, Institutning faoliyat yo'nalishlari, amaldagi ilmiy-tadqiqot loyihalari va olingan ilmiy-amaliy natijalar haqida ma'lumot berdi.

Ekspeditsiya xodimlari tomonidan geokimyoviy tadqiqot usullarining natijadorligi, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mineral-xomashyo bazasini baholash, istiqbolli maydonlarni aniqlash va geomaʼlumotlarni raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Analitik tadqiqotlar markazining imkoniyatlari (kimyoviy va element tahlillari, mineralogik, petrografik va texnologik tadqiqotlar) hamda xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik yo'nalishlari haqida batafsil tushuntirildi.


Kelishuv: "Mineral resurslar instituti" DM tomonidan ekspeditsiya ishtirokchilariga geologik xaritalar va fond materiallari, normativ-metodik hujjatlar, yerni masofadan zondlash materiallari hamda zamonaviy analitik usullar bo'yicha qo'shimcha ilmiy-uslubiy ma'lumotlar taqdim etishga kelishildi.

Mazkur sayyor qabul dala tadqiqotlari natijalarining ilmiy asoslanganligini oshirish va istiqbolli mineral xomashyo obyektlarini baholash samaradorligini yuksaltirishga xizmat qiladi.