TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

 

7-8 noyabr kunlari "Mineral resurslar instituti" DM Kasaba uyuşmasi qõmitasi taşabbusi bilan institutimiz xodimlari uçun Angren şahridagi sõlim "Oxygen garden" dam oliş maskanida ajoyib sayohat taşkil etildi.

Tabiatning gõzal manzarasi va toza toğ havosi qõynida xodimlarimiz kundalik iş jarayonlaridan biroz çalğib, maroqli va mazmunli hordiq çiqarişdi. Sayohat davomida jamoaviy ruhni kõtariş, hamjihatlikni mustahkamlaş va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş maqsadida turli qiziqarli sport musobaqalari õtkazildi. 

Qizğin va dõstona raqobat ruhida õtgan bellaşuvlarda barça hamkasblarimiz õzlarining çaqqonligi va sportga bõlgan mehrini namoyiş etişdi. Musobaqalarda ğolib bõlgan va faol iştirok etgan barça xodimlarga Kasaba uyuşmasi tomonidan maxsus esdalik va qimmatbaho sovğalar tantanali ravişda topşirildi. 

Bu kabi tadbirlar nafaqat xodimlarning salomatligini mustahkamlaşga, balki jamoada soğlom muhitni şakllantiriş, õzaro dõstlik aloqalarini boğlaş va kelgusi mehnat faoliyatida yanada katta unumdorlikka erişişga xizmat qiladi.

Tadbirni yuqori saviyada taşkil etgan Kasaba uyuşmasiga hamda barça faol iştirokçilarga õz minnatdorçiligimizni bildiramiz! Jamoamizning birligi va şijoati doimo bardavom bõlsin!