TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

Joriy yilning 29 may kuni "Mineral resurslar instituti" davlat muassasasida, Geologiya fanlari universiteti tarkibidagi ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari va "Navoiyuran" DK raxbar xodimlari bilan uranga istiqbolli yangi maydonlari qidirish, raqamli xaritalar va modellashtirish hamda texnologik ilmiy-tadqiqotlar olib borish yuzasidan hamkorlik yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Geologiya fanlari universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori A.A. Xalilov, Ilmiy tekshirish institutlari direktorlari, "Navoiyuran" DK bosh direktorining birinchi o'rinbosari-bosh muxandis V.F. Nazarov, transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh direktor o'rinbosari X.T. Xaydarov, IIChM bosh geologi X.X. Olovov va boshqa bo'lim boshliqlari qatnashdilar.

Yig'ilishda A.A. Xalilov tomonidan geologiya fanlari universitetininng ilmiy faoliyati, hozirda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va Ilmiy tekshirish institutlarining salohiyati, erishilayotgan yutuqlari haqida batafsil ma'lumot berildi. PQ-319-sonli qarorida qabul qilingan tabiiy uran va nodir metallarni qazib olish va qayta ishlash bo'yicha "Navoiyuran" DK tomonidan kelgusida olib boriladigan geologik tadqiqot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.