TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

 

Yerni masofadan zondlash va GIS texnologiyalari bo‘limi tomonidan 2017-26 raqamli “Markaziy Qizilqum regionining yopiq hududlarida 1:100 000 miqyosdagi kosmogeologik tadqiqotlar olib borish” budjet loyihasi doirasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotning asosiy maqsadi - multispektral kosmik tasvirlar, GIS va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida hududning geologik tuzilishi, strukturaviy-tektonik xususiyatlarini o‘rganish hamda foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni aniqlash.

 

Loyiha doirasida:

Tadqiqot hududining ASTER va Sentinel-2A multispektral kosmik tasvirlari tahlil qilinmoqda;

Hududning geologik va strukturaviy-tektonik xususiyatlari o‘rganilmoqda;

Geologik, geofizik va kosmogeologik ma’lumotlar GIS va sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida kompleks tahlil qilinmoqda;

1:100 000 miqyosdagi raqamli xaritalar tayyorlanmoqda.

Kutilayotgan natija: Geologik, geofizik va kosmogeologik ma’lumotlarni sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida kompleks tahlil qilish asosida foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlar ajratiladi, ularning istiqbollilik darajasi baholanadi hamda keyingi geologiya-qidiruv ishlarini rejalashtirish uchun 1:100 000 miqyosdagi raqamli bashorat xaritalari tayyorlanadi. Markaziy Qizilqumning yopiq hududlarida kosmogeologik tadqiqotlar olib borilmoqda

Yerni masofadan zondlash va GIS texnologiyalari bo‘limi tomonidan 2017-26 raqamli “Markaziy Qizilqum regionining yopiq hududlarida 1:100 000 miqyosdagi kosmogeologik tadqiqotlar olib borish” budjet loyihasi doirasida ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotning asosiy maqsadi - multispektral kosmik tasvirlar, GIS va sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida hududning geologik tuzilishi, strukturaviy-tektonik xususiyatlarini o‘rganish hamda foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlarni aniqlash.

Loyiha doirasida:

Tadqiqot hududining ASTER va Sentinel-2A multispektral kosmik tasvirlari tahlil qilinmoqda;

Hududning geologik va strukturaviy-tektonik xususiyatlari o‘rganilmoqda;

Geologik, geofizik va kosmogeologik ma’lumotlar GIS va sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari yordamida kompleks tahlil qilinmoqda;

1:100 000 miqyosdagi raqamli xaritalar tayyorlanmoqda.

Kutilayotgan natija: Geologik, geofizik va kosmogeologik ma’lumotlarni sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida kompleks tahlil qilish asosida foydali qazilmalarga istiqbolli maydonlar ajratiladi, ularning istiqbollilik darajasi baholanadi hamda keyingi geologiya-qidiruv ishlarini rejalashtirish uchun 1:100 000 miqyosdagi raqamli bashorat xaritalari tayyorlanadi.