Zukkolik va mantiqiy fikrlash maydoniga aylangan mazkur nufuzli bellashuvda "Mineral resurslar instituti" davlat muassasasi xodimlari ham faol ishtirok etib, o‘zlarining yuqori intellektual salohiyatini namoyish etishdi.
Musobaqada institutimiz sharafini uchta iqtidorli jamoa munosib himoya qildi: "Geomind" "Spektr" "Kratos"
Jamoalarimiz qizg‘in bahslar davomida turli qiziqarli savollarga tezkor va oqilona javoblar topib, juda chiroyli va esda qolarli o‘yin ko‘rsatishdi.
Intellektual maydondagi faol ishtiroki hamda jamoaviy hamjihatligi uchun institutimizning barcha bilimdon xodimlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kelgusi musobaqalarda jamoalarimizga yanada ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!






100064, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olimlar ko‘chasi, 64-uy