Korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi bosqich: javobgarlik, shaffoflik va ichki nazorat tizimi kuchaymoqda
2026-yil 22-iyunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida yangi Qonun qabul qilindi. U korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ta’rifini beradi, elektron reyestrni yuritishni belgilaydi va ichki nazorat tizimlarini mustahkamlash uchun chora-tadbirlar kiritadi. Qonun korrupsiyaviy xavf-xatarlarini oldindan aniqlash, oldini olish hamda jazolar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan.
• Jinoyat kodeksiga 18 turdagi korrupsion jinoyatlarning ta’rifi kiritildi.
• Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzimlarining huquqiy asoslari mustahkamlandi.
• Elektron reyestr orqali korrupsiya holatlari tizimli ro‘yxatga olingani va ularni qayta takrorlanishini oldini olish maqsad qilinmoqda.
• 5 turi korrupsion jinoyatlarda jazoni yengillashtirish to‘liq taqiqlangan.
• Korrupsiyaviy xavf-xatarlar har bir sohada xaritalash asosida batafsil tahlil qilinadi.
Bu yordamida davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish hamda shaffoflikni oshirishga e’tibor qaratilmoqda.
Cocoon AI Summary
#MRIagainstcoruption
2026-yil 22-iyunda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1155-son Qonun imzolandi.
⚖️ Mazkur Qonun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish, shuningdek korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.
???? Qonun bilan 3 ta kodeks va 5 ta qonunga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu o‘zgarishlar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
➡️ Eng muhim yangiliklardan biri — korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritilishi belgilandi. Ushbu reyestr korrupsiya holatlarini tizimli qayd etish, ularning oqibatlarini aniq belgilash hamda javobgarlikdan chetda qolish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
➡️ Shuningdek, Jinoyat kodeksida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq ta’rif berildi. Unga 18 turdagi jinoyatlar belgilandi. Bu esa korrupsion holatlarni huquqiy baholashda aniqlikni oshirib, huquqni qo‘llash amaliyotida yagona yondashuvni shakllantiradi.
➡️ Qonunning yana bir muhim jihati — davlat organlari va tashkilotlarida komplaens hamda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining huquqiy asoslari mustahkamlandi. Endilikda ushbu tuzilmalarning vakolatlari, huquq va majburiyatlari qonun bilan belgilanadi.
✅ Komplaens tuzilmalarining mustaqil va samarali faoliyat yuritishi uchun ularning xodimlariga xavfsizlik kafolatlari belgilandi. Bu ichki nazorat tizimining ta’sirchanligini oshirish, xodimlarning o‘z vazifalarini qonuniy asosda va bosimsiz bajarishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
???? Mazkur yondashuv korrupsiyaga qarshi kurashishda faqat oqibat bilan ishlash emas, balki korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldindan aniqlash, ularning oldini olish va profilaktika ishlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ya’ni tizim endi muammoni “keyin jazolash” bilan cheklanmay, uni erta bosqichda aniqlash va bartaraf etishga yo‘naltirilmoqda.
➡️ Qonun bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda eng quyi maishiy korrupsiya holatlaridan tortib, yuqori darajadagi mansabdor shaxslar o‘rtasidagi jinoyatchilikka qadar bo‘lgan holatlarga qarshi amaliy mexanizmlar belgilandi.
➡️ Shuningdek, 5 turdagi korrupsion jinoyatlar uchun jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qoidalari qo‘llanilmasligi belgilandi. Bu norma korrupsiyaga oid og‘ir huquqbuzarliklar uchun javobgarlik muqarrarligi tamoyilini yanada mustahkamlaydi.
➡️ Yana bir muhim yangilik — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga har bir davlat organi va tashkiloti, hududlar hamda sohalar kesimida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini shakllantirish vazifasi yuklatildi.
????Ushbu xarita korrupsiyaga oid jinoyatchilik statistikasi, huquqni qo‘llash amaliyoti tahlili, jamoatchilik fikri, mavjud siyosat samaradorligi hamda tegishli tashkilotlarning ma’lumotlari asosida shakllantiriladi. Bu esa korrupsiyaga qarshi kurashishda aniq tahlil, real xavflarni baholash va manzilli choralar ko‘rish imkonini beradi.
???? “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash va hududiy kengashlarning maqomi hamda vazifalari aniqlashtirildi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 8 ta yangi vazifa belgilandi.
➡️ Komplaens tuzilmalari barcha davlat organlarida tashkil etilishi, jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini olib boruvchi tuzilmalarning o‘zida ham komplaens-nazorat tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi. Bu esa nazorat tizimining o‘zini ham nazorat qilish tamoyilini mustahkamlaydi.
➡️ Eng asosiysi, yangi qonunchilik yondashuvi korrupsiyaga qarshi kurashishni tarqoq choralar majmuasi sifatida emas, balki yagona, muvofiqlashtirilgan va tizimli mexanizm sifatida rivojlantirishga qaratilgan.
????Mazkur Qonun davlat boshqaruvi tizimida shaffoflikni oshirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.