“Mineral resurslar instituti” DM Mineralogik tadqiqotlar bo‘limi xodimlari 1906-sonli “Respublika hududida tarqalgan alohida istiqbolli ma’dan namoyondalari ma’danlari tarkibida sanoat uchun muhim yo‘ldosh elementlarning tarqalish xususiyatlarini o‘rganish” mavzusidagi davlat byudjeti loyihasi doirasida Kandagan maydonida vismut minerallashuvini tadqiq qilish, minerallashgan zonalarning moddiy tarkibini o‘rganish maqsadida dala tadqiqotlarini olib bormoqda.


