TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari hamda vazirlik tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida "Mineral resurslar" instituti tomonidan “Ilm-fan qahramonlari — yoshlarga namuna” loyihasi doirasida ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olimlar, ilmiy xodimlar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati hamda erishgan yutuqlarini keng targ‘ib etishga qaratilgan videolavha tayyorlandi. Mazkur loyiha orqali yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ilmiy izlanish va innovatsion faoliyatga rag‘batlantirish, olim va tadqiqotchilarning jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish hamda ularning ilmiy yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsad qilingan.

Ilm-fan — taraqqiyot va kelajak poydevori!