TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

Har bir tashkilotning barqaror faoliyati va yutuqlarida o‘z kasbining chinakam ustasi bo‘lgan, halol va fidoyi insonlarning o‘rni beqiyosdir. Bugun "Mineral resurslar instituti" DM jamoasi ana shunday zahmatkash ustozlarimizdan biri, uzoq yillar davomida institutimizning moliya va hisob-kitob tizimini yuksak mas’uliyat bilan boshqarib kelgan hurmatli bosh hisobchimiz — Maxmudova Gulchexra Fozilovnani faxriy dam olishga kuzatdi.

Gulchexra Fozilovna nafaqat o‘z ishining yetuk mutaxassisi, balki butun jamoamiz uchun o‘rnak bo‘la oladigan talabchan rahbar, boy tajribasi bilan o‘rtoqlashadigan mehribon ustoz edilar. Ularning rahbarligida institutimizning moliyaviy barqarorligi doimo mustahkam bo'lib keldi.

Bugun institut rahbariyati hamda barcha bo‘lim va laboratoriya xodimlari jamuljam bo‘lib, ustozimizning ko‘p yillik samarali va beminnat xizmatlarini alohida e’tirof etishdi. Samimiy dil izhorlari, iliq xotiralar va chiroyli tilaklar yangragan ushbu tadbirda jamoamiz nomidan Gulchexra Fozilovnaga atalgan esdalik sovg‘alari va gullar taqdim etildi.

Xurmatli Gulchexra Fozilovna!

Sizning ko‘p yillik sharafli mehnatingiz, jamoamizga ko‘rsatgan g‘amxo‘rligingiz va samimiyligingiz qalbimizda doim saqlanib qoladi. Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va nafaqa gashtini yaqinlaringiz, farzand va nabiralaringiz ardog‘ida, shodu xurramlikda o‘tkazishingizni tilaymiz.

Institutimiz rivojiga qo‘shgan ulkan va beqiyos hissangiz uchun barchamiz nomidan ta’zimdamiz. Yangi hayot sahifangiz faqat va faqat quvonchli anlarga boy bo‘lsin!

Hurmat va ehtirom bilan,

"Mineral resurslar instituti" DM jamoasi