Geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan Team Building dasturida “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi jamoasi ham faol ishtirok etdi.
Tadbir doirasida jamoaviy o‘yinlar, sport musobaqalari, intellektual bellashuvlar hamda turli qiziqarli tanlovlar o‘tkazildi. Mazkur dastur ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish bilan birga, geologiya sohasi vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra, “Mineral resurslar instituti” DM jamoasi bir qator yo‘nalishlarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi:
Futbol bo‘yicha — 3-o‘rin;
Palatka yig‘ish bo‘yicha — 2-o‘rin;
Arqon tortish bo‘yicha — 2-o‘rin;
“Zakovat” intellektual bellashuvida — 2-o‘rin.
Tadbir yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar Geologiya fanlari universiteti rektori A. Kadirxodjayev tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu Team Building dasturi soha vakillari uchun nafaqat bayramona uchrashuv, balki kasbiy birdamlik, do‘stona muloqot va jamoaviy ruhni mustahkamlovchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.