“Oʻzbekgeologiyaqidiruv” AJ tomonidan tashkil etilgan press-tur doirasida "Mineral resurslar instituti" DM matbuot kotibi ishtirok etmoqda.
Mazkur press-tur davomida jurnalistlar va mutaxassislarga Hisorgeologiya MGQE Akba uchastkasida olib borilayotgan geologik qidiruv ishlari joyida tanishtirilmoqda. Tashrif doirasida qidiruv jarayonlari, qoʻllanilayotgan metodlar va istiqbolli kon maydonlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Ushbu tashabbus ochiqlik, axborot shaffofligi va ilmiy-amaliy faoliyatga jamiyat eʼtiborini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

