TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

E’LON! ILMIY MAQOLALAR TANLOVIGA MARHAMAT!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-63-son Farmoyishi hamda Ta’lim va ilm-fan vazirligining tegishli nazorat rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida "Mineral resurslar instituti" DMda ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi!
Tanlov mavzusi:
“Konstitutsiya — inson qadri ulug‘langan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!”
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Institutda faoliyat yuritayotgan barcha mustaqil tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar.
O‘tkazilish muddati:
2026-yil noyabr–dekabr oylari davomida.
Tanlov maqsadi:
Yosh olim va tadqiqotchilarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish, Bosh Qomusimizning jamiyat va ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rnini ilmiy-tahliliy yondashuvlar asosida yoritish hamda iqtidorli izlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash.
Maqolalarni rasmiylashtirish talablari va topshirish muddati bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun institutning Ilmiy kotibiyatiga (yoki mas’ul bo‘limga) murojaat qilishingiz mumkin.
Barcha tadqiqotchi va doktorantlarimizni tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!