Davlat bayroği — mamlakatimiz suvereniteti va milliy özligimizning muqaddas ramzi. Qonunçilikka köra, undan nafaqat davlat idoralari, balki fuqarolar va taşkilotlar ham qonuniy tartibda foydalanişlari mumkin.
1. Qayerlarda örnatiş mumkin?
* Rasmiy binolarda: Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, sud, prokuratura, diplomatik vakolatxonalar binolari hamda majlislar zallarida.
* Erkin hududlarda: Bayroqqa hurmat saqlagan holda jamoat joylari, bino va inşoatlar, yaşaş va iş joylari (jumladan, ilmiy institut va korxonalarning kiriş qismi, konferensiya va iş xonalari), binolarga tutaş hududlar hamda avtomobil salonlarida.
2. Tadbirlar va bayramlarda foydalaniş
Umummilliy va oilaviy bayramlar, sport musobaqalari, madaniy-ommaviy tadbirlar, xotira sanalari, şuningdek, rasmiy xalqaro va ilmiy konferensiyalarda bayroqdan foydalanişga ruxsat etiladi.
3. Tasviridan foydalaniş
Bayroq tasviri tuşirilgan belgilarni binolar, iş va yaşaş joylari, transport salonida, şuningdek, harbiylar, davlat xizmatçilari hamda xalqaro va respublika musobaqalarida qatnaşuvçi sportçilarning maxsus kiyimlarida qöllaş mumkin.
4. Nimalar taqiqlanadi?
* Yirtilgan, ifloslangan yoki rangi öçgan bayroqdan foydalaniş;
* Ustki yopqiç, daströmol, körpa-töşak sifatida işlatiş yoki stol-stul va oyoq ostiga töşaş;
* Tasvirini poyabzal, içki kiyim, soçiq va bir martalik buyumlarga tuşiriş;
* Nodavlat taşkilotlar hujjatlari rekvizitlariga kiritiş va tijorat-reklama maqsadlarida foydalaniş.
5. Taşqi körinişi va saqlanişi
Bayroq va uning tasviri qonunda tasdiqlangan rangli va sxematik şaklga aniq mos, butun va toza holda saqlanişi şart.
Esda tuting! Davlat bayroğidan foydalanişda uning maqomiga hurmat bilan munosabatda böliş va qonun talablariga rioya etiş har bir fuqaro va taşkilotning masʼuliyatidir.
Huquqiy asos: Özbekiston Respublikasining «Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği töğrisida»gi Qonuni (5, 5¹, 5², 10, 11-moddalar) hamda 2023-yil 7-iyuldagi OʻRQ-853-sonli Qonuni.