TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

Tojikiston Milliy fanlar akademiyasining Geologiya, seysmik bardoshli qurilish va seysmologiya instituti hamda Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansi (ANSO) tomonidan tashkil etilgan forumda Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlarning yetakchi geolog olimlari ishtirok etdilar.


Forumda “Mineral resurslar instituti” DM vakillari ham faol qatnashdilar. Pomir–Tyanshan mintaqasining geodinamikasi, magmatizmi va metallogeniyasiga bag‘ishlangan 1-seksiyada institutimiz olimlari ikkita ma’ruza bilan ishtirok etdilar:


“Geologik-geofizik ma’lumotlar asosida mashinali o‘qitish usullarini qo‘llagan holda Chotqol–Qurama mintaqasida vulkanogen-gidrotermal uran ma’danlashuvini bashoratlash” (Sh.I. Ahmadov, R.I. Mirsayapov, T.T. Xolmurodov, U.O. Norboboyev). Ma’ruzani R.I. Mirsayapov taqdim etdi.


“Quljuqtog‘ tog‘laridagi Taushon svitasining ma’dan sig‘diruvchi yotqiziqlari shakllanish sharoitlari” (T.T. Xolmurodov, Sh.I. Ahmadov, R.I. Mirsayapov, U.O. Norboboyev). Ma’ruzani T.T. Xolmurodov taqdim etdi.


Seksiyada jami 31 ta ma’ruza tinglandi. Eng yaxshi deb topilgan to‘rtta ma’ruza qatoridan uran ma’danlashuvini bashoratlashga bag‘ishlangan institutimiz ma’ruzasi ham o‘rin oldi.