“Mineral resurslar instituti” DM direktorining korrupsiyaga qarshi choralarni kuchaytirish toʻgʻrisidagi jamoaga rasmiy murojaati
Hurmatli hamkasblar, aziz doʻstlar!
Ushbu murojaat faoliyatimizning eng muhim ustuvor yoʻnalishi — korrupsiyaga murosasiz qarshi kurashish va Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan qonunchiligiga qatʼiy rioya etishga bagʻishlangan.
Mamlakatimizning yer osti boyliklaridan foydalanish va geologiya sohasidagi ilmiy-tadqiqot salohiyati benuqson obroʻ-eʼtiborni talab etadi. Bizning umumiy vazifamiz — “Mineral resurslar instituti” DM da mutlaq shaffoflik muhitini taʼminlash va har qanday korrupsiya xavfini bartaraf etishdir.
Prezidentimizning “Korrupsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga toʻsiq” ekani haqidagi soʻzlari bu illatning mamlakatimiz kelajagiga boʻlgan jiddiy xavf darajasini yaqqol koʻrsatdi.
2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-sonli farmoni bilan davlat organlari, ilmiy muassasalar va ichki komplayens-nazorat xizmatlarining saʼy-harakatlarini birlashtiruvchi Korrupsiyaga qarshi kurashishning yagona tizimi joriy etildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishda yangi huquqiy mexanizmlar: nazoratdan tizimli profilaktikaga 2026-yil 22-iyunda Prezidentimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan OʻRQ-1155-sonli Qonun imzolandi.
Qonunning asosiy yangiliklari
Korrupsionerlar reestri: Korrupsiyada ayblangan shaxslarning yagona maʼlumotlar bazasi yaratildi.
Jazoni kuchaytirish: Firibgarlik va talon-toroj qilganlik uchun hukm qilingan shaxslar yetkazilgan zararni toʻliq qaytarmaguncha qamoqdan shartli ravishda muddatidan ilgari chiqish bekor qilindi.
Davlat xaridlarini nazorat qilish: Tovarlar va xizmatlarning boshlangʻich narxlarini bozor qiymatidan oshirib yuborganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha jarimaga tortilgan mansabdor shaxslar uchun maʼmuriy javobgarlik joriy etildi.
Axborot beruvchilarni himoya qilish: Korrupsiya toʻgʻrisida xabar bergan davlat organlari xodimlariga nisbatan har qanday intizomiy jazo choralari ikki yilga toʻxtatildi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan oldindan kelishishni talab qiladi.
Profilaktika: Komplayens tuzilmalarining vakolatlari kengaytirildi. Davlat tashkilotlarida komplayens-xizmatlar tashkil etish hamda hududlar va sohalar boʻyicha korrupsiya tavakkalchiliklarining maxsus xaritalarini shakllantirish mustahkamlandi.
Davlat organlari va tashkilotlari oʻz faoliyatidagi korrupsiyaviy xavfi yuqori boʻlgan vazifa, funksiya va lavozimlarni aniqlashi, xavflarni majburiy baholashi hamda ularni kamaytirish boʻyicha aniq choralar ishlab chiqishi belgilandi.
Komplayens xodimlarining mustaqilligi kafolatlanadi va Qonun bilan korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari xodimlari davlat himoyasiga olindi.
Ustuvor vazifalarimiz va talablarimiz:
- Sohamizni rivojlantirishning muhim omillari: sunʼiy intellekt, raqamlashtirish va korrupsiyasiz kreativ iqtisodiyotni joriy etish;
- Manfaatlar toʻqnashuvini nazorat qilish: har bir xodim ilmiy-tadqiqot vazifalari va ekspertizalarini bajarishda shaxsiy manfaatdorlik holatlarini istisno etishi shart;
- Davlat xaridlarining shaffofligi: laboratoriya uskunalari, materiallari xarid qilish va pudrat shartnomalarini tuzishning barcha jarayonlari ochiq elektron platformalar orqali qatʼiy oʻtishi kerak;
- Nol bagʻrikenglik: jamoada poraxoʻrlik yoki qarindoshlikning har qanday shakllarini mutlaq qabul qilmaslik muhiti shakllanishi kerak;
Korrupsiya Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi ilmiy taraqqiyot va islohotlarga bevosita tahdiddir. Obroʻ-eʼtiborimizningpokligi, geologik prognozlarning xolisligi va byudjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish davlatimizning “Mineral resurslar instituti”ga boʻlgan ishonchini belgilab beradi.
Har biringizni hushyor va prinsipial boʻlishga chaqiraman. Har qanday korrupsiya xavfi aniqlansa, darhol ichki komplayens-nazorat xizmatimizga murojaat qiling.
Bunday yondoshuv korrupsiyaga qarshi kurashning keng qamrovli, muntazamlik kasb etishini va eng asosiysi esa tizimli xarakterga ega boʻlishini kafolatlaydi.
Institutning zabardast va fidoyi mehnatkashlari, zahmatkash geologlari, davlatimiz rahbarining bu boradagi qatʼiy pozitsiyasini, tashabbuslarini, sayi harakatlarini hamda qalb amri bilan yakdil boʻlib qoʻllab-quvvatlaydi.
Har biringizni korrupsiyaga qarshi siyosatga qatʼiy rioya qilishga, institutimiz sharafini himoya qilishga va halol mehnat — Oʻzbekistonning geologiya sohasi rivojining asosi ekanini yodda tutishga chaqiraman.
Direktor R.X.Ibragimov