"Mineral resurslar instituti" DM 04.00.02 - "Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razrvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo" ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturaga (PhD) o'qishga qabul qilish imtihoni bo'lib o'tishini ma'lum qiladi.
Sana: 2026-yil 17-noyabr Vaqt: 10:00 da Manzil: Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Olimlar ko'chasi, 64-uy, "Mineral resurslar instituti" DM, 308-xona.
Barcha talabgorlardan imtihonga belgilangan vaqtdan kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID karta) bilan kelishlari so'raladi.
Barcha nomzodlarga omad tilaymiz!
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun institut qabul komissiyasiga yoki mridm.uz rasmiy saytiga murojaat qilishingiz mumkin.