TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

 “Noma'dan foydali qazilmalarni bashoratlash” sektori tomonidan 2026-yilning oktyabr-noyabr oyida belgilangan reja asosida amaliy dala-tadqiqot ishlari olib borildi.

Tadqiqot maqsadi va hududlar:
Serpentinit xomashyosining geologik xususiyatlari, tarqalish qonuniyatlari hamda ularning sanoat istiqbolliligini baholash maqsadida Asman, Kurukulsoy va Yamchisoy noma'dan foydali qazilma namoyonlarida geologik izlanishlar o‘tkazildi.
Dala jarayonida amalga oshirilgan ishlar:
* Geologik namunalash ishlari bajarildi;
* Fatsial-litologik qirqimlar o‘tildi;
* Geologik marshrut kuzatuvlari olib borildi.
Ushbu tadqiqotlar serpentinit jinslarining tarkibi, tarqalishi va mineral-xomashyo salohiyatini o‘rganishda muhim birlamchi ma'lumotlar bazasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Navbatdagi bosqich:
Hozirgi kunda to‘plangan geologik, litologik hamda laboratoriya ma'lumotlarini kameral sharoitda chuqur tahlil qilish va yakuniy ilmiy xulosalarni tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda.