Xalqaro standartlar asosida — sifat va işonç sari!
Analitik tadqiqotlar markazi PROVIGROW malaka tekşiriş provayderi tomonidan taşkil etilgan ICP-MS usulida elementlar tahlili bóyiça laboratoriyalararo soliştirma sinovlarda iştirok etdi.
52 ta natijadan 50 tasi ijobiy natijalar toifasiga kirdi!
Uşbu sinovlar laboratoriyamiz faoliyatini xalqaro mezonlar asosida baholaş, tahlillar aniqligi va işonçliligini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sinov natijalari ISO/IEC 17043:2025 va ISO 13528:2022 standartlari asosida baholangan.
Markazimiz ISO/IEC 17025:2019 standarti talablari asosida laboratoriya xizmatlari sifatini doimiy takomillaştirişga intiladi.
Bu natija — jamoamizning bilim, tajriba, mas’uliyat va hamjihatlik bilan olib borayotgan mehnatining samarasidir.
Barça hamkasblarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz!
ANALITIK TADQIQOTLAR MARKAZI — ANIQLIK, SIFAT VA İŞONÇ!