TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

 

Yig‘ilishda Musaxonov Zayniddinxon Muxtorxonovichning 04.00.02 – “Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo” ixtisosligi bo‘yicha geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Murakkab geomorfologik sharoitlarda endogen ma’danlashuvning bashoratlash-qidiruv modelini ishlab chiqish (Boysun tog‘lari Sangardak maydoni misolida)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Dissertatsiya ishining ilmiy natijalari va amaliy ahamiyati Ilmiy kengash a’zolari tomonidan yuqori baholandi. Institut jamoasi yosh va yetuk olimlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, geologiya fanini rivojlantirish hamda mamlakatimizning mineral-xomashyo salohiyatini mustahkamlash yo‘lida izchil faoliyat olib bormoqda.