TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

"Mineral resurslar instituti" DM qoshidagi DSc.31/2025.27.12.GM.02.01.М raqamli Ilmiy kengashning Ilmiy seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 04.00.02 – “Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo” ixtisosligi bo‘yicha Musaxonov Zayniddinxon Muxtorxonovichning “Murakkab geomorfologik sharoitlarda endogen ma’danlashuvning bashoratlash-qidiruv modelini ishlab chiqish (Boysun tog‘lari Sangardak maydoni misolida)” mavzusidagi geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Seminar davomida tadqiqotlarning ilmiy yangiligi, dolzarbligi, ilmiy natijalari hamda ularning ahamiyati yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.