TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI (MRI)

2026-yil 23-oktabr kuni Mineral resurslar instituti (MRI) binosida DSc.31/2025.27.12.GM.02.01.M raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi ixtisosligi bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyalar himoyasi o'tkazildi.

Majlis kun tartibiga asosan, quyidagi tadqiqotchilar o'z ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar:

1. Saxibov Turman Kuyliyevich

  • Mavzu: “Shariqti maydoni oltin ma’danlashuvining mineralogik-geokimyoviy xususiyatlari va qidiruv belgilari (Auminza-Beltov tog‘lari)”.
  • Ilmiy rahbar: g.-m.f.n., dotsent K.K. Xoshjanova.

2. Toshmetov Ubaydullo Hamidulloyevich

  • Mavzu: “Sharqiy O‘zbekistonning Chotqol-Pskom mintaqasidagi skarnli va greyzenti noyob metalli ma’danlashuvining bashoratli qidiruv kompleksi”.
  • Ilmiy rahbar: g.-m.f.d., professor M.M. Pirnazarov.

Mineral resurslar instituti jamoasi va Ilmiy kengash a'zolari tadqiqotchilarni bugungi muvaffaqiyatli himoya bilan qutlab, ularning kelgusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.